O`zbekistonda “Diniy jamoat” tuzib, sheriklari qo`lga tushgach, xorijga qochib ketgan erkak qidirilmoqda (video)

Jamiyat 23.09.2023, 18:46
O`zbekistonda “Diniy jamoat” tuzib, sheriklari qo`lga tushgach, xorijga qochib ketgan erkak qidirilmoqda (video)

Toshkent shahar IIBBning bergan xabariga ko`ra, O`zbekistonda “Diniy jamoat” tuzib, sheriklari qo`lga tushgach, xorijga qochib ketgan erkak qidirilmoqda. 



Salimov Dilmurod Bahromovich 2007 yildan boshlab bir guruh shaxslar bilan O`zbekiston Respublikasida qonunga xilof ravishda jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarni tuzib, ularning faoliyatida faol ishtirok etib kelgan. 

2010 yilda jamoat a`zolaridan bir guruhi qo`lga olinganidan so`ng Salimov javobgarlikdan qo`rqib, Rossiya davlatiga qochib ketgan. 2013 yilga kelib, Turkiya orqali Suriya-arab respublikasiga borib, Islom davlati Xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo`shilgan. 

Salimov Dilmurod Bahromovichga nisbatan O`zbekiston respublikasi jinoyat kodeksining 244-2 moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilingan, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1