AsosiyJamiyat

Toshkentda poezd ustida "selfi" tushmoqchi bo`lgan yigitni tok urdi

'Toshkentda poezd ustida "selfi" tushmoqchi bo`lgan yigitni tok urdi'ning rasmi

Toshkent shahridagi "Hamza" temiryo`l hududida 18 yoshli yigitni vagon ustida 27 ming volt kuchlanishdagi elektr toki urdi.

Aniqlanishicha, yigit "selfi" qilish uchun vagon ustiga chiqqan bo`lgan.

"20 sentyabr kuni soat 19:05 da voqea sodir bo`lgan. Navbatchilik vaqtida bizga xabar  kelib tushdi. Zudlik bilan etib keldik. Yigit narvon orqali tepaga chiqqan. U erda 2 ta tok urishi yuz bergan. Birinchi yordam berdik", - deydi temiryo`l ma`sullaridan biri.

Shifokorlarning xabar qilishicha, yigit tanasining 98 foiz kuyish tashxisi bilan ahvoli o`ta darajada og`ir bo`lib turibdi.

Holat yuzasidam surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar