Prezidentning 2023 yil 20-21 fevral kunilari Misrga buyurgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda davlat rahbarining gepatit “C” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolash bo`yicha tashabbusi ijrosi doirasida Misr Sog`liqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasi o`laroq, O`zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilayotgan gepatit “C” virusi qarshi “Daklatasvir” dori vositalarining navbatdagi turkumi yuborilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Joriy yil 23 sentyabr kuni "Uzbekistan Airwaysw" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan 6240 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining o`n beshinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga etkazib berdi. Ushbu dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar o`rtasida taqsimlanadi.
Qayd etish joizki, Misr gepatit “V” va “C” viruslariga qarshi kurashda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig` etilgan bo`lib, Misr olimlari yaratilgan maxsus diagnostika apparatlari va orttirilgan tajribani o`zbek mutaxassislari bilan baham ko`rishga tayyordir.
Shuni ham alohida ta`kidlash joizki, faqat aholini ommaviy skrining qilish va tezkorlikda olib boriladigan sa`y-harakatlar bilangina gepatitga chek qo`yishi mumkin.
Misr sog`liqni saqlash vaziri joriy yil fevral oyida Qohiraga oliy darajadagi tashrif doirasida O`zbekiston SSV bilan imzolangan Hamkorlik memorandumi ijrosi va o`zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, “C” gepatitiga qarshi kurashda o`zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun amaliy safar bilan Toshkentga kelishga tayyor ekanligini bildirdi.