Zarur masalliqlar: 500 gr. tvorog, 50 gr. sariyog`, 2 dona tuxum, bitta behi, 6 osh qoshiq shakar, 5 osh qoshiq bug`doy yormasi, 3 osh qoshiq sut.
Tayyorlanishi: 1. Tuxum va shakarni mikserda ko`pirtiring. Yumshatilgan sariyog`ni qo`shing.
2. Aralashmaga tvorog va sut solib, mikserda aralashtirishda davom eting.
3. Bug`doy yormasini ham qo`shing-da, ko`pirtiring. Keyin 10 daqiqaga qoldiring.
4. Behini po`stidan archib, mayda tishli qirg`ichdan o`tkazing-da, tvorogli aralashmaga soling. Uzunchoq va chuqur qolipga pishiriq qog`ozini joylang-da, aralashmani solib, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
4 kishilik





