AsosiySUG'DIYONA

Har bir ayol bilishi kerak bo`lgan 25 tavsiya!

1. Chakamug` (repeynoe) va kanakunjut (kastorovoe) yog`i sochlarni  o`stiradi.

2. Shaftoli moyi tanani uqalash hamda tirnoqlarni oziqlantirishda qo`l keladi.

3. Achchiq qalampir damlamasidan sochlarni o`stirishga yordam beradigan niqob tayyorlasa bo`ladi.

4. Mumiyo teri tortilishi natijasida yuzaga kelgan chiziqlarni ketkaza oladi. Buning uchun mumiyoning 1 dona tabletkasini tana uchun krem yoki oz miqdordagi suvga aralashtirib ishlatish kerak.

5. Lavanda yog`ini kondisioner yoki suvga qo`shib, yuvilgan sochlar chayilsa, boshingiz uzoq vaqt kirlanmaydi.

6. Dengiz tuzi   tirnoq o`sishiga ta`sir qiladigan hamda tanani charchoqdan xalos etadigan hammomlar uchun foydalaniladi.

8. Bug`doy kurtaklarining moyi quruq terini oziqlantiradi.

9. Jojoba moyi ko`z atrofidagi hamda mayda ajinlarni kamaytira oladi.

10. Tarkibida salisil va rux moddasi bo`lgan krem — husnbuzar va teridagi yallig`langan yaralarni quritadi.

11. Kapsuladagi A va E vitaminlari — qovoq, lab va tirnoq atrofidagi teri quriqlashganda foydali.

12. Gialuron kislota — labni shishirish, yuzdagi ajinlar va ko`z ostidagi «qopcha»larni ketkazishda kosmetologlarga «sehrli tayoqcha» kabi yordam beradi.

13.Olma sirkasi oyoqdagi sellyulit va kichik tomirlarning yorilishidan yuzaga kelgan «yulduzchalar»ni ketkaza oladi. Har kuni dushdan so`ng oyoqning tizzadan yuqori qismini olma sirkasida namlangan pahmoq sochiqda artiladi. Terida achishish, qizarish va hid kelishi kuzatilmaydi.

14. Choy daraxti yog`i — husnbuzarga qarshi yaxshi vositalardan biri.

15. Borat kislotasi qo`shilgan spirt — quloqdagi yallig`lanishni bartaraf etish bilan birga yuzdagi yaralarni tez ketkizadi.

16. Kosmetik ko`k tuproq tana va terini yoshartirishda uchun eng ma`qbul vosita sanaladi.

17. Gomeopatik kalendula mazi — tovondagi teri yorilishini tezda davolaydi.

18. Muz bo`lakchalari tanadagi ko`karish, jarohatlarning o`rnini ketkazish hamda yuz terisini namlantirib, taranglashtirishda unumli foydalaniladi.

19. Oddiy yong`oqning kosmetik yog`i ko`z ostidagi ko`karish va mayda ajinlarga qarshi ajoyib vosita.

20. Gliserin — qo`l terisini yumshatish uchun 1 oshqoshiq gliserin va 6 foiz istalgan sirkadan krem tayyorlanadi. Gliserinning o`zi tovonning dag`allashgan terisiga yaxshi davo bo`la oladi.

21. Bodom yog`ini teri tortilishi yuz bermasligi uchun tananing son, qorin va ko`krak qismlariga surtib turish tavsiya etiladi.

22. Zaytun moyi — kiprik va qosh to`kilishidan asraydi, buning uchun uyqu oldidan tozalangan qosh va kiprikka yupqa qilib surtiladi.

23. Qahva — yuz uchun pilling qilishda tengsiz vosita, buning uchun 1 oshqoshiq qahvaga ozgina yuz kremidan qo`shiladi. Tayyor niqobni yuzga surtib, ishqalab, so`ng iliq suvda yuviladi.

24. Asal —  ajoyib, bezarar uyqudori sanaladi. 1 oshqoshiq asalni 1 stakan iliq suvga aralashtirib, kechqurun uyqu oldidan ichiladi.

25. Limon sharbati — sochni jilokor qila oladi. Buning uchun 1 litr suvga bitta limon sharbati qo`shib, soch chayiladi. 

DILNOZA tayyorladi. 

Boshqa yangiliklar