FAO O`zbekistonga chigirtkaga qarshi kurashish uchun 8 ta Toyota avtomobilini topshirdi

Jamiyat 26.09.2023, 15:41
FAO O`zbekistonga chigirtkaga qarshi kurashish uchun 8 ta Toyota avtomobilini topshirdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) O`zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashishni yanada yaxshilash uchun Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`simliklar karantini va  himoyasi  agentligiga 8 ta maxsus jihozlangan Toyota Hilux avtomobilini topshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.  

Ta`kidlanishicha, Markaziy Osiyo qishloq xo`jaligi uchun chigirtkalar  jiddiy xavf tug`dirayotganini ko`pchilik ham bilmaydi. Holbuki, ekinlarni yo`q qilish orqali zararkunandalar hosil miqdori va sifatini pasaytirishi, aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashni xavf ostida qoldirishi aniq.

Bundan tashqari, chigirtkalar bosqini qishloq xo`jaligiga bevosita bog`liq bo`lgan fermerlarning daromadlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi.   Shu bois ushbu zararkunandalarga qarshi kurashish  O`simliklar karantini va  himoyasi  agentligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mazkur ko`mak FAOning "Markaziy Osiyoda chigirtkalarga qarshi kurashishni takomillashtirish (II bosqich)" mintaqaviy loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1