Bu yilgi paxta yig`im-terim mavsumida mehnat huquqlari buzilishiga oid 191 ta murojaat kelib tushgan – vazirlik

Jamiyat 26.09.2023, 16:45
Bu yilgi paxta yig`im-terim mavsumida mehnat huquqlari buzilishiga oid 191 ta murojaat kelib tushgan – vazirlik

Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati paxta mavsumida munosib mehnat sharoitlarini yaratish va majburiy mehnatni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo`yicha axborot berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 18 sentyabr kuniga qadar 1176 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” hamda “Munosibmehnat.uz” telegram botiga paxta yig`im-terimi davrida mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 191 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, shulardan, 11 tasi munosib mehnat sharoitlari yaratilmagani, 13 tasi terim pullari o`z vaqtida berilmayotgani, 167 tasi 1 kg teriladigan paxtaning narxi to`g`risidagi murojaatlardir.

Hududlarda tashkil etilgan Ishchi guruhlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan o`rganishlar o`tkazilib, shulardan, 4 ta murojaat qanoatlantirilgan, 177 ta murojaat bo`yicha terimchilar va fermer xo`jaliklariga tushuntirish berilgan, 10 ta murojaat esa o`z tasdig`ini topmagan.

Aniqlangan holatlarni bartaraf etish hamda xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilishi yuzasidan fermer xo`jaliklariga Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ta`sir chorasi sifatida yozma ko`rsatmalar berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1