AsosiySUG'DIYONA

Farzandlarimiz haqidagi 7 fakt, e`tibor bering!

  1. Ruhshunoslarning olib borgan tadqiqotlariga ko`ra, bolalar ilk muhabbat bilan 5-7 yoshlarida uchrashishadi. Ahamiyat bergan bo`lsangiz, aynan shu davrda bolalar «men oyisi», «men dadasi» bo`laman kabi o`yinlar o`ynashadi. Mutaxassislar bu davrdagi muhabbatni bolaga to`g`ri tushuntirib, unda qarshi jins vakiligi nisbatan mehr, e`tibor tushunchalarini hosil qilish kerak deyishadi.
  2. Oilada yangi farzand tug`ilsa, kattalari onasini chaqaloqdan qizg`onishadi. Ahamiyat bergan bo`lsangiz, rashk tuyg`usi o`g`il bolalarda kuchliroq. Qizaloqlar esa u qadar qizg`onishmaydi. Sababi qizlarda kichikligidanoq onalik tuyg`usiga moyillik bo`ladi.
  3. Yangi tug`ilgan chaqaloq o`z onasining ovozini yuzlab ayollar orasidan ajratib oladi. Ruhshunoslar fikricha, bola dunyoga kelmasidan oldin onasining ovozini eshitadi. Bu esa unda ovoz ajratish refleksini paydo qiladi.
  4. Bolakay 6-7 oyligida tabassum qilishni o`rganadi. Onasi, otasi va atrofdagilar quvonganidan kuladi. Buni mutaxassislar reflekslarning shakllanish davri deyishadi.
  5. Pedagoklarning xulosasiga ko`ra, bolalarni biror ishni bajarishga majburlab bo`lmaydi. Aynan majburlov choralari bolaning aqliy rivojlanishiga ta`sir qilib, unda qaysarlikni keltirib chiqaradi.
  6. Bolalardagi raqobatchilik 5-6 yoshlarda paydo bo`ladi. Ba`zilar buni ochiq-oydin ko`rsatishadi, ba`zilar esa bildirmay biror ayyorlikni o`ylab chiqarishadi. Raqobatchilikni tushungani yaxshi, ammo bu borada qanday yo`l tutish kerakligini o`rgatish kerak.
  7. Farzandingiz o`ziga ishongan, qiyinchiliklardan cho`chimaydigan inson bo`lishini istasangiz bolaligidan uni rag`batlantiring. «Sen eng yaxshi bolasan!», «Uddalaysan!» aynan mana shunday maqtov so`zlari bolaga qanot beradi. Buning uchun bolangiz maktab yoshiga etishini kutmang. Beshikdan ruhini chiniqtirib boring. 

Boshqa yangiliklar