AsosiySavol-javob

“Telefondagi bahayo suratlar...”

— O`g`lim 16 yoshda. Yaqinda telefonini tekshira turib, behayo suratlar va videolarga ko`zim tushdi. Biroz yoshroq bo`lganida, albatta, koyigan bo`lardim, ammo ulg`ayib qoldi, u bilan bu mavzuda qanday gaplashishni bilmayapman...

Umida, 38 yosh, Jizzax viloyati

 

Psixologiya fanlari nomzodi, dosent Feruza Akromova o`z maslahatlari bilan yordam berishga  tayyor...

 

— Ko`pchilik onalar  darhol o`sha behayo videolarni o`chirib tashlash va farzandiga qattiq gapirish bilan muammoni hal etish mumkin deb o`ylashadi. Zinhor va zinhor o`g`lingiz o`ziga tegishli bo`lgan, shaxsiy buyumi deb bilgan narsaga so`roqsiz dahl qilganingizni bilmasin. Aks holda uning ishonchini va hurmatini yo`qotib qo`yishingiz hech gap emas. O`smirlar hissiyotga beriluvchan bo`lishadi, agar telefonini beruxsat tekshirganingizdan xabar topsa, jahl ustida maslahatlaringizning aksini bajarishi ham hech gap emas. Bu yoshdagi yigitlarga o`zidan katta jinsdoshlari, akasi yoki otasi yigit kishining organizmida kechadigan o`zgarishlar, umuman jinsiy hayot haqida tushuncha berishi zarur. Aslida ham bunday nozik pallada bola ongini qandaydir notanish  inson bergan noto`g`ri ma`lumot bilan to`dirgandan ko`ra, yaqinlari tushuncha bergani afzalroq. Gap orasida turli behayo suratlarni tomosha qilish zino ekanini va bundan buyon o`g`lingiz oilaning boshqa erkaklari qatorida xonadoningiz sha`nini saqlashga mas`ulligini ta`kidlab o`tishni unutmang.

Boshqa yangiliklar