AsosiyJamiyat
1820

Sergelidagi portlashdan so`ng bojxona nazorati ostidagi tovarlar to`liq inventarizasiyadan o`tkazilmoqda

'Sergelidagi portlashdan so`ng bojxona nazorati ostidagi tovarlar to`liq inventarizasiyadan o`tkazilmoqda'ning rasmi

Sergelida sodir bo`lgan portlash sabab hududdagi omborda bojxona organlari tomonidan qator chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu haqda Husan Tangriev xabar berdi.

Unga ko`ra, Bojxona qo`mitasi tomonidan maxsus ishchi guruh tashkil qilingan bo`lib, yong`indan zarar ko`rgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar to`liq inventarizasiyadan o`tkazilmoqda.

Mazkur tovarlarning kelgusidagi bojxona nazorati qay tartibda amalga oshirilishi yuzasidan tadbirkorlarga to`liq tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

“Ushbu holat bo`yicha tadbirkorlarimizda savollar tug`ilsa, 11 08  qisqa raqamli ishonch telefoni, shuningdek, Bojxona qo`mitasining + 998 55 502 76 00 (ichki: 74-11, 74-10, 74-05) telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 14-moddasiga binoan tabiat hodisalari (zilzilalar, er ko`chishlari, dovullar, qurg`oqchiliklar va hokazo) yoki yuridik va jismoniy shaxslarning xohish-irodasi hamda xatti-harakatlariga bog`liq bo`lmagan boshqa holatlar sababli kelib chiqqan, shuning oqibatida mazkur shaxslar qabul qilgan majburiyatlarini bajara olmaydigan favqulodda va oldini olib bo`lmaydigan, kutilmagan holatlar engib bo`lmas kuch ta`siri hisoblanadi.

Shuningdek, tovarlar vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlarida saqlanayotgan davrda avariya yoki engib bo`lmas kuch ta`siri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarlar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga u shu holatda bojxona hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtiriladi.

Ya`ni, yong`indan talofat ko`rgan tovarlar yuzasidan FVV bilan hamkorlikda dalolatnomalar tuziladi, ushbu dalolatnomalar asosida tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkaziladi.

Bunda, agar tovar to`liq yaroqsiz holatga kelgan bo`lsa, ushbu tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo`llanilmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar