Mirobod tumanida Saz-Le 60 rusumli avtobus YTHga uchradi.
Joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 13.20 larda Mirobod tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`li ko`chasida 1998 yilda tug`ilgan A.F. boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 643 BKA belgili Saz-Le 60 rusumli avtobusini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo`qotib beton ustunga borib urilishi natijasida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
Yo`l transport hodisasi natijasida tan jarohat olganlar yo`q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.