AsosiyJamiyat
4635

Buxoroda xorazmlik o`smir avtobus tagiga o`zini otib, joniga qasd qildi (video)

'Buxoroda xorazmlik o`smir avtobus tagiga o`zini otib, joniga qasd qildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o`zini avtobus tagiga tashlagani aks etgan video tarqaldi. Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbarining ma`lum qilishicha, Buxoroda xorazmlik o`smir avtobus tagiga o`zini otib, joniga qasd qilgan.

Ta`kidlanishicha, holat Buxoro shahrida joylashgan "Karvon" savdo bozori chorrahasini kesib o`tuvchi "Buxoro-Xorazm-Turkmanboshi" yirik xalqaro yo`lida sodir bo`lgan. Joriy yilning 28 sentyabr kuni taxminan soat 09:30 larda yo`l chetida o`smir yigit bir necha daqiqa telefon orqali muloqotda bo`lib turgan. U kutilmaganda yo`l harakati qoidasiga muvofiq o`z yo`nalishida belgilangan tezlikda harakatlanib kelayotgan yo`lovchi tashish avtobusi tagiga o`zini otgan. Bir necha daqiqa ichida sodir bo`lgan bu holat voqelikka guvoh bo`lganlarni hamda avtobusdagi yo`lovchilarni qattiq stressga solgan.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat IIB YPX xodimlari etib kelishgan. Aniqlanishicha, voqea joyida vafot etgan shaxs asli 17 yoshli xorazmlik o`smir bo`lgan. U bundan bir necha kun ilgari IELTS olish uchun Toshkent shahriga jo`nab ketgan bo`lgan. Qaytishda esa (hozircha sababi ochiqlanmagan) Xalqaro ahamiyatga ega yo`lning Buxoro hududiga tushib qolgan va videotasvirda muhrlanganidek o`z joniga qasd qilgan.

Ayni paytda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar