- Ruhshunoslarning aytishicha, o`smir yoshdagi farzandining e`tiborini o`ziga qaratishni istagan ota-onalar imkon qadar kamroq gapirishlari kerak ekan. Mashhur ruhshunos Meri Badd Rou bu holni o`smirlar eshitganlarini tushunib olishlari uchun biroz vaqt kerakligi bilan izohlaydi. Shuning uchun bolaga savol bergach, kamida 3 soniya sabr qiling. Shunda tayinli javob olasiz.
- Nima to`g`ri-yu nima noto`g`riligini tushuntirishdan erinmang. Agar o`rgatishni istamasangiz, bola tajriba orttirgunicha, sabr qilishga majbursiz! Tanlov o`z qo`lingizda!
- U bilan katta odamlardek muomalada bo`ling. O`zining qanchalar kerakli shaxs ekanligini his etishiga imkon yarating. Aks holda o`smir buni his etishning boshqa, agressiv usullaridan foydalana boshlaydi.
- Farzandingizga muhim topshiriq berishdan avval diqqatini o`zingizga qaratib oling. Buning uchun o`smirning ko`zlariga qarab gapiring. Shunda u aytganlaringizni so`zsiz bajaradi.