Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasida turistik avtobuslar qo`yilishi kutilmoqda

Siyosat 30.09.2023, 11:08
Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasida turistik avtobuslar qo`yilishi kutilmoqda

Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasida charter turistik avtobuslar harakatlanishi mumkin. Bu haqda "Sputnik Qozog`iston" xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, marshrutlarni ishga tushirish shartlarini Qozog`iston turizm va sport vaziri Ermek Marjikpaev O`zbekiston elchisi Saidikram Niyozxo`jaev bilan muhokama qildi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyoning yagona brendini, jumladan, xalqaro sayyohlik ko`rgazmalari orqali birgalikda targ`ib qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1