AsosiyJamiyat

Devid Bekxem “Real”ga qaytmoqda

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem yaqin kunlar ichida “...

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem yaqin kunlar ichida “Real” klubining elchisiga aylanadi, deb xabar bermoqda iSport.ua nashri.

Ta`kidlashicha, 41 yoshli Bekxem AQShda “Real” brendining nufuzini oshirishga yordam beradi. U 2007–2012 yillar davomida “Los-Anjeles”da to`p surgan va amerikalik muxlislar uni yaxshi tayindi.

Devid Bekxem 2003–2007 yillar davomida Madridning “Real” sharafini himoya qilgan va barcha turnirlarda 155 o`yin o`tkazgan.

Bunga qadar esa u “Manchester Yunayted”da 11 yil davomida to`p surgan. Devid Bekxem futbolchilik faoliyatini 2013 yilda yakunlagan edi. Uning so`nggi klubi Fransiyaning “PSJ” klubi bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar