AsosiySiyosat
4241

O`zbekiston va Qatar hamkorligini rivojlantiruvchi 9 ta hujjat imzolandi

'O`zbekiston va Qatar hamkorligini rivojlantiruvchi 9 ta hujjat imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so`ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.

Xususan, hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolandi:

- O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati o`rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik to`g`risida bitim;

- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qatar Davlati Ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi o`rtasida hamkorlik to`g`risida memorandum;

- O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qatar Davlati Ichki ishlar vazirligi o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi;

- O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi va Qatar Davlati Investisiya agentligi o`rtasida investisiyaviy hamkorlik to`g`risida o`zaro anglashuv memorandumi;

- O`zbekiston Respublikasi Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va Qatar Davlati Ma`muriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

- O`zbekiston Respublikasi Din ishlari qo`mitasi va Doha dinlarararo muloqot xalqaro markazi o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi;

- O`zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo`yicha milliy markazi va Qatar Davlati Inson huquqlari bo`yicha milliy qo`mitasi o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi;

- O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi o`rtasida qo`shma ishbilarmonlar kengashini tuzish to`g`risida bitim;

- O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar