1

Uyda shaurma tayyorlaymiz!

SUG'DIYONA 26.10.2016, 10:44
Teglar: Taom
Uyda shaurma tayyorlaymiz!

Hozirgi kunga kelib har qadamda shaurma, gamburger, xot-dog kabi mazali, ammo zararli taomlarni tayyorlab sotilayotganining guvohi bo`lamiz. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham bunday tezpishar va oson taomlarni  xush ko`radilar. Shunday ekan, uni uy sharoitida tabiiy va toza mahsulotlardan, yog`siz qilib tayyorlashga nima etsin. Quyida shaurma tayyorlash resepti bilan bo`lishdik. Uni bolalarga tushlikda tayyorlab berishingiz mumkin.

Kerakli mahsulotlar:

150 gr. mol go`shti, 80 gr. karam, yarimta sabzi, 80 gr. smetana, 2 osh qoshiq ketchup, 1 choy qoshiq o`simlik yog`i, bitta lavash, ko`kpiyoz, ko`katlar va tabga ko`ra tuz.

Tayyorlanish:

1.    Karamni qalamcha qilib to`g`rang, sabzini yirikroq qirg`ichdan chiqarib oling. Maydalab to`g`ralgan ko`kpiyoz va ko`katlarni soling.

2.    Salatga o`simlik yog`i va ta`bga ko`ra tuzi solib yaxshilab aralashtiring.

3.    Go`shtni mayda qilib to`g`rab oling, qancha mayda bo`lsa, shuncha yaxshi.

4.    Endi sous tayyorlang.

5.    Buning uchun ketchup va smetanani aralashtirib oling.

6.    Shaurmani tayyorlashni boshlang. Lavashni yoyib, unga sousdan surting.

7.    Go`shtni qovurishni istamasangiz, suvda yoki gaz pechida butun holda pishirib oling. Istasangiz, ozgina o`simlik yog`ida tab berib, pishirib oling. Tayyor go`shtni sous ustiga joylashtiring.

8.    Go`sht ustiga karamli salatni solib chiqing.

9.    Karamli salat ustiga ham qolgan sousdan yana ozgina surting.

10.  So`ng lavashni mahkam qilib o`rang.

11.  Tayyor bo`lgan lavashni mirto`lqinli pechga 10-15 daqiqaga qo`yib oling-da, dasturxonga torting. Endi bolangiz ko`chada shaurma olib bering, deb xarxasha qilmaydi.

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1