1

«Ona, sizga o`xshagim keladi…»

SUG'DIYONA 26.10.2016, 16:50
Teglar: Ayol, Ona
 «Ona, sizga o`xshagim keladi…»

Ona, omonmisiz? Mening dardlarim sizni ado qilmadimi? Sog`indim – bag`ringizga boshimni qo`yib, hammasini unutgim keladi. Bir dunyo tashvishlarim sizga sira og`irlik qilmadi-a? Nega? Onajon, joningiz temirdanmi? Agar temir jon bo`lsangiz, nimaga bag`ringiz issiq? Hech Sizdek bo`lolmadim, chidamli, bardoshli va bag`rikeng... Nima qilsam Sizga o`xshayman?! O`xsholmasam kerak...

 

Uyga borganimda darvozadan peshvoz chiqmasangiz, qalbim yayramaydi. «Bugun Sizni ko`rgani boraman», deb borolmasam o`rtanaman, «Uydan chiqolmadim, Ona» desam, «Ro`zg`oring tinch bo`lsin, men yuribman-da shu hovlida g`imirlab», deysiz... Shu hovlida g`imirlab yurganingizdan baxtiyorman, Onajon!

Yuzlaringizdagi ajinlarni sanagim va har birini tarixini yozgim keladi. Yozsam qog`ozlarning bag`ri qon bo`lsa kerak... Umringizdan ko`chirgan satrlarim munis qiyofangizni chiza olarmikan?! Bilaman, mening notavon qalamim yarmiga bormay sinsa kerak... «Tosh kelsa, kemirdim, suv kelsa, simirdim», deb gapirib qolasiz ba`zan. «Nimaga, bu tosh tishlarimni sindirdi, demaysiz» desam, «Sen uchun bolam tog`larga elkamni tutaman», deb javob berasiz. «Og`riqlaringni olay, bolam», deb jon koyitasiz… «Sizning og`riqlaringizni kim oladi, Ona?» desam «Ko`nikkanman, qizim, sening baxting badaliga kelgan og`riqdan aylanay», deysiz... Tavba, Tangrim Sizni qanday muhabbat bilan yaratdi?! Men ham Sizdek bo`la olarmikanman?!

Shunday so`zlar bor, ularni na aytib, na yozib bo`ladi. Sizga atalgan izhorlarimni ko`pi ana shunday... Aytsam ham, yozsam ham yuragimdagidek jaranglamaydi. Aytgancha, sehrli quchog`ingizni, beminnat mehringizni taftini qo`msayman. Biz, katta bo`lib qolgan farzandlar, hayot tashvishlariga andarmon bo`lib, eng muhim jarayonlarni unutamiz, to`g`rirog`i, e`tibor qilmaymiz. Bolamni kuzatdim, yonidan jilsam, biror yumush bilan band bo`lib qolsam, nozik qo`lchalari bilan etagimni mahkam tutadi. Go`yoki, o`sha jajji qo`lchalari, beg`ubor nigohlari bilan fursatlarni qo`ldan boy bergisi kelmayotgandek... Biz-chi?!  To`g`rirog`i, men-chi?!

Onajon, ba`zida fikrlaringizga qarshi boraman, ammo ich-ichimdan Sizga ergashaman. Ishoning, aytgan har bir gapingiz yuragimga o`yib yoziladi. Onajonim, Sizni ranjitganlardan men ham ranjiyman! Butun dunyo bir tomon bo`lsin, o`shanda ham men faqat va faqat Siz tomonda bo`laman. Chunki Siz eng yaxshi ONAsiz! Sizdan ko`ngil so`ramoqchi edim, holingizni bilgim kelgandi... Ammo yana o`zimdan ortolmadim, uzr... Hozir yozganlarimni kulib o`qiysiz va «Eh, qizim-a, men yaxshiman, bolangni ehtiyot qil... Omonman, havotir olma», deysiz. Endi Sizga bir mening emas, bolamning qayg`usi, quvonchi ham YuK! Siz bu YuKni shu qadar mehr, sog`inch, sharaf bilan ko`tarasizki, Sizga, faqat Sizga o`xshagim kelaveradi...

Qizingiz

 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1