1

Eringizni ma`shuqasiga qarshi kurashda asqatadigan 5 tavsiya

SUG'DIYONA 26.10.2016, 17:12
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
Eringizni ma`shuqasiga qarshi kurashda asqatadigan 5 tavsiya

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 10 erkakdan 8 tasi umrida bir marta bo`lsa-da, sevimli yoriga xiyonat qilar ekan. Ruhshunoslar ayollarga faqatgina bir maslahat, har qanday vaziyatga tayyor turish va aql bilan yondashishni tavsiya etishadi. Erning xiyonatini kechirish yoki kechirmaslikni har bir ayolning o`zi hal qiladi. Fayzli oilaning guldek bekasining qarshisida uch yo`l turadi: hammasiga ko`z yumib yashash, ajrashish hamda oilani saqlab qolish uchun kurashish. Biroq erning ketini kovlashtirish, surishtirishdan oldin yaxshilab o`ylab ko`ring! Axtargan odam, albatta o`ziga kerakli narsani topishi aniq. Tajribamdan kelib chiqib aytaman, eringizni ko`chadagi «hunar»lari haqida qanchalar kamroq bilsangiz, asabiylashishlar ham sizdan chekinar ekan. Haqiqat har doim achchiq bo`lgan, siz uni «hazm» qila olarmikansiz?! Balki hech narsaga e`tibor bermay, tinchgina yashashda davom etgan ma`quldir... Axir ot aylanib, qozig`ini topadi degan maqol bejizga aytilmagan-ku!

  1. Agar hislaringizni boshqarishga kuchingiz etmasa, yolg`iz qolingda, ichingiz bo`shatish uchun yig`lab oling. So`ng o`zingizni qo`lga olishga urining. Vahimaga berilib, pashshadan fil yasamang! Rashkdan yonayotgan bo`lsangizda, hammasiga nuqta qo`yish uchun munosabatlarga aniqlik kiritishni istasangizda, maslahatim, bu ishni qila ko`rmang! Chunki foydasi yo`q... Jahlingiz eringizni sizga qarshi qilib qo`yadi.
  2. Jangga kirishdan avval dushman tomonni yaxshilab o`rganish, shuningdek, qarshi taraf bilan sulh tuzish kabi holatlar ham bor. Bu ishga kirishishdan avval yaxshilab fikrlab ko`ring, siz eringizni ma`shuqasi bilan yuzma-yuz kelishga tayyormisiz? Unutmang, siz yolg`iz emassiz! Eringiz faqat sizga emas, balki ota-onasi, jigarlariga ham kerak. Shuning uchun dushman taraf bilan uchrashgani elchi sifatida qaynona, xola-amma, qayin-bo`yinlarni yuborgan yaxshi emasmi? Har holda ular sizdan ko`ra bosiqlik bilan gaplashishi mumkin. Yana, o`sha ayolning oldida obro`ingiz to`kilmasligiga ham yordam beradi.   
  3. O`zingizga e`tiborli bo`ling! Pulingiz va vaqtingizni imkon qadar o`zingizga sarflang. Ayol o`zini sevsagina, erkak tomonidan ham sevilishga erishadi. Muammodan diqqatingizni uzoqlashtiring, farzandlarningiz va o`zingiz bilan chalg`isangiz... Vaqtning o`tishi osonlashadi. Muammoga ham boshqa rakursdan nazar solayotganingizni o`zingiz ham his qilasiz.
  4. Asosiysi, eringiz xotirjam va o`ziga ishongan rafiqasini ko`rib, tanimay qolsin! Oilani saqlab qolishni niyat qilgan ekansiz, hammasini boshidan boshlang. Ortda qolgan xatolarni hadeb eslash sizga yarashmaydi!
  5. Unutmang! Folbin-u issiq-sovuqchilarga qatnamang! Baribir foydasi yo`q! Duoga qo`l ochib, niyatingiz ijobatini Tangridan so`rang!

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1