1

Qozog`iston O`zbekistonga neft etkazib berishni ko`paytirish shartini aytdi

Iqtisodiyot 12.10.2023, 13:13
Qozog`iston O`zbekistonga neft etkazib berishni ko`paytirish shartini aytdi

Qozog`iston rasmiylari Toshkentdan yaxshi narx sharoiti bo`lsa, O`zbekistonga neft etkazib berish hajmini oshirish masalasini ko`rib chiqishga tayyor. Bu haqda Qozog`iston energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"O`zbekistonga neft etkazib berish Shag`ir neft quyish stansiyasi (Chimkent) va Qosimov neft nasos stansiyasidan (Atirau) amalga oshirilmoqda. Agar O`zbekiston tomoni Xitoy yoki boshqa xorijiy davlatlar yo`nalishidan ko`ra yaxshiroq narx va shartlarni taklif qilsa, biz etkazib berish hajmini oshirishni ko`rib chiqishga tayyormiz”, — deyiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, bu masala allaqachon O`zbekiston vakillari va Qozog`iston er qa`ridan foydalanuvchilari bilan muhokama qilingan. Departament ma`lumotlariga ko`ra, 2022-yil yakuniga ko`ra, Qozog`iston neftining O`zbekistonga eksporti umumiy hajmning 0,13 foizini tashkil qilgan.

"Qozog`iston hududi orqali 300 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilish bo`yicha kelishuvga muvofiq, yil boshidan buyon 79 ming tonna etkazib berildi.Shu bilan birga, 2022-yilda Qozog`iston neftining O`zbekistonga eksporti hajmi 87 ming tonnaga, joriy yilning to`qqiz oyi yakunlari bo`yicha esa 46 ming tonnaga etdi”, — deya tushuntirdi vazirlik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1