1

Osiyo taraqqiyot banki O`zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish uchun 170 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 12.10.2023, 22:26
Osiyo taraqqiyot banki O`zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish uchun 170 mln dollar ajratadi

O`zbekiston Transport vazirligida  Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan muzokaralar bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuvda Yashil iqlim fondining "Elektromobillik dasturi"ni moliyalashtirish bilan bog`liq masalalar muhokama qilingan.

O`zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur dasturni moliyalashtirish bo`yicha taklif etilayotgan mablag` 170 million AQSh dollarini tashkil etadi. 

Tijorat elektromobillarini ommalashtirishdagi to`siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ushbu dastur, elektrobuslar parkini va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda uning barqarorligini ta`minlashni nazarda tutadi. Shuningdek, elektromobillarni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini qo`llab-quvvatlashni ko`zda tutuvchi 4 ta yo`nalishni o`z ichiga oladi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1