1

«Xotinim tug`mas» demang! Erkaklarga erkakcha gap

Salomatlik 27.10.2016, 11:36
Teglar: Salomatlik, Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
«Xotinim tug`mas» demang! Erkaklarga erkakcha gap

Yaqin-yaqingacha oiladagi befarzandlik muammosi birgina ayolninng «ayb»i bo`lgan. Tibbiyotda o`tkazilayotgan so`nggi ilmiy tadqiqotlar esa bunday hodisaning taxminan teng yarmiga erkaklar ham sababchi bo`lishini ko`rsatmoqda. Biroq hamisha ham muammo vaqtida aniqlanmay, turli bahonalarga esh qilinadi... O`zining yoki o`g`lining salomatligiga shubha bilan qaraganlarga javoban ona va o`g`il davolanishdan bosh tortadi. Ana endi do`ppini boshdan olib, bir o`ylab ko`ring: bu telbavor injiqlikdan kimga naf-u kimga zarar?! Mavzu yuzasidan kuchli jins vakillari hamda ularning yaqinlariga oliy toifali shifokor, urolog-androlog Zarifjon MURODOV ma`lumot beradi.

«SABR TAGI SARIQ OLTIN»

Uylanganiga bir yil to`lmay, rafiqasini homilador bo`lmaganida ayblagan yigitlar, afsuski topiladi. Kamiga esa ularga qayin-bo`yin ham qo`shilib, shusiz ham tushkunlikda bo`lgan kelinni yanada siquvga olishadi. Bo`lajak onani asrab-avaylashning o`rniga u bilan bunday munosabatda bo`lish to`g`rimikan? Sevimli yorini boshi berk ko`chaga tashlab qo`ygandan ko`ra, ro`baro kelgan muammo bilan birgalikda kurashish yaxshi emasmi? Zug`um va ters gaplar bilan ayolning dilini siyoh qilish-u kuyovto`raning shifokor nazoratidan «holi» qilishni qanday tushunish mumkin?

ShOShILMANG!

Turmush qurganingizga hali bir yil ham bo`lmadi. Rafiqangiz homilador bo`lmayotgan bo`lsa, shifokor huzuriga shoshilmang. Sog`lom oilalarning 12 foizida muntazam jinsiy aloqalar 8-12 oy davom etganida homiladorlik yuz beradi. Siz ham ana shunday oilalar qatorida bo`lishingiz mumkin.

UYaT BO`LADIMI?

Shifokorga borish, erkaklar nazdida oriyat ishi. «Nega mening ayolim homilador bo`lmayapti?» degan fikrning o`ziyoq yigitlik g`ururiga tegib ketadi. Biroq belgilangan muddat, ya`ni bir yil o`tib, juftingizda homiladorlik belgilari kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish haqida o`ylab ko`ring va bunga ma`suliyat bilan yondashing. Befarzandlikda asosiysi to`g`ri tashxis qo`yishdir. Buning uchun esa er-xotin birga tekshiruvlardan o`tishi darkor! To`g`ri tashxis masalani 50 foizga hal etishga ko`mak beradi. 

HAMMASI O`Z QO`LINGIZDA!

Homiladorlik yuz berishi uchun kamida 1 ml.  eyakulyatda 15 (12-16) millionga yaqin spermatozoid mavjud bo`lishi kerak. Ularning kamida 40 (38-42) foizi faol harakatchan bo`lishi shart.  Afsuski, ayrim kasalliklar, gormonal o`zgarishlar, infeksiyalar urug` hujayrasining harakatchanligi va miqdoriga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bundan tashqari, Butun dunyo sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko`ra, bir yil muddat davomida ayolda homiladorlik kuzatilmasa, shifokorga birinchi navbatda erkak kishi murojaat qilishi kerak. Chunki  erkaklar bepushtligiga tashxis qo`yish osonroq va kam vaqt talab qiladi. O`rtacha hisobda 3 kun ketadi, xolos. Biror nojo`ya o`zgarishlar yoki xastalik aniqlanganida esa davolash muolajalari har bir erkak uchun individual muddatda o`tkaziladi. Albatta, barchasini engib o`tish va kemtiklikni to`ldirish oson bo`lmaydi. Sabr-qanoat talab etilishi shubhasiz. Eng asosiysi esa ishonch va umidni yo`qotmaslik zarur.

O`ZBILARMONLIK QILMANG!

Befarzandlikning sababi aniqlanganda, davolashni shifokorning maslahatiga binoan amalga oshirish lozim. Mutaxassis buyurgan dorilarni adashtirmay, o`z vaqtida, kerakli miqdorda qabul qiling. Ba`zan gormonal vositalar tayinlanishi ham mumkin. «Buncha ko`p dori, bir-ikkitasini ichmay qo`ya qolay...» kabi qarorlarga chalg`imang.

SOG`LOM TURMUSh TARZIGA RIOYa QILING!

Davolanish davrida er-xotin sog`lom hayot kechirishi zarur. Vitaminga boy taomlar tanovul qilish, yog`li, sho`r, achchiq va shirinlik me`yoridan oshmasligi tavsiya etiladi. Yigitlar sauna va hokazolar orqali jinsiy a`zolarni ortiqcha qizib ketishidan saqlashi maqsadga muvofiqdir. Muolaja payti spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari umuman mumkin emas. 

ASABLARNI ASRANG!

Stress va psixologik holat davolanishga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Tushkunlik organizmda kuchli gormonal o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa ayollarda ovulyasiya buzilishi yoki boshqa salbiy o`zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Davolanish tugab, homiladorlik yuz bermagan taqdirda ham xavotirga berilmaslik zarur. Odatda muolajalar tugasa ham, organizm homiladorlikka tayyorlanishi uchun vaqt talab etiladi.

«O`G`LIM SOPPA SOG`!» DEGUVChI ONALARGA...

Tosh asrida erkaklarning bepushtligini aniqlash ancha qiyin bo`lgan. U davrda erkaklar bir qizga uylanib, ma`lum muddat yashagach ayoli homilador bo`lmasa, boshqasiga uylanar ekan. Ikkinchisining ham bo`yida bo`lmasa, uchinchi nomzodga og`iz solar, agar bundan ham farzand ko`rolmasa, erkak bepusht deb tan olinar ekan. O`g`lini shifokorga jo`natmayotgan onalar, iltimos, qaysi asrda yashayotganlari, kelin ham kimningdir farzandi ekanligini unutmang!

Kuyov bola, izingizdan zurriyod qoldirishni istaysiz, to`g`rimi? Atrofdagilarning achchiq-chuchuk gaplariga quloq solmay, oilangiz butunligi haqida o`ylang. Bu ishni volidangiz qarorisiz, oshna-og`ayningiz ta`nalarisiz ham eplaysiz!

Zafar UBAYDULLAEV oqqa ko`chirdi

 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1