1

O`zbekiston 2023 yilning uchinchi choragida Rossiyadan 31,1 ming tonna neft qabul qilib olgan

Iqtisodiyot 17.10.2023, 09:47
O`zbekiston 2023 yilning uchinchi choragida Rossiyadan 31,1 ming tonna neft qabul qilib olgan

2023 yilning uchinchi choragida Qozog`istonning "KazTransOyl" kompaniyasi "Omsk – Pavlodar – Chimkent – Shag`ir" yo`nalishi bo`yicha 31,1 ming tonna Rossiya neftini O`zbekistonga etkazib berdi. Bu haqda "Kapital.kz" nashri xabar berdi.

Unga ko`ra, birinchi chorakda kompaniya magistral neft quvurlari tizimi orqali O`zbekistonga 10,7 ming tonna, ikkinchi chorakda esa 37,9 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilgan. 

Oktyabr oyida Qozog`iston hududi orqali O`zbekistonga Rossiya neftining tranzit hajmi 25 ming tonnani tashkil qiladi. 

Kompaniya Rossiya neftini Qozog`iston hududi orqali O`zbekistonga tashish Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft etkazib berish jadvaliga muvofiq amalga oshirilayotganini tushuntirgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1