AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Luxury Train Cruising sayyohlik poezdi ishga tushiriladi

'O`zbekistonda Luxury Train Cruising sayyohlik poezdi ishga tushiriladi'ning rasmi

Kecha Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 2023 yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tgan yubiley 25-sessiyasi doirasida "O`zbekiston temir yo`llari" AJ va Italiyaning "ARSENALE S. P.A." kompaniyasi o`rtasida birinchi loyiha bo`yicha o`zaro tushunish va hamkorlik to`g`risida Memorandum imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.



"Luxury Train Cruising" sayyohlik poezdining ishga tushirilishi O`zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim voqea bo`lishi kutilmoqda. Poezd yo`lovchilarga sayohat paytida maksimal qulaylikni ta`minlash uchun barcha zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar