1

Er-xotin o`rtasidagi qizg`in ehtiroslar davri abadiy emas... Bunga tayyor bo`ling!

SUG'DIYONA 27.10.2016, 15:04
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
Er-xotin o`rtasidagi qizg`in ehtiroslar davri abadiy emas... Bunga tayyor bo`ling!

Birgalikda o`tadigan dastlabki maftunkor tunlar shu qadar qisqadek tuyuladiki, yosh kelin-kuyov qanday qilib tong otganini ham bilmay qoladi. Qorni och, kiyimi dazmollanmagan yoki hovlisi chala supurilgan bo`lsa ham erkak va ayolning ko`zlari porlab turadi. Sevgan yori bir zumga bo`lsa-da hayolidan ketmaydi, ismi esa tilidan tushmaydi... Er-xotinning bir-biriga bo`lgan telbalarcha intilishi vaqt o`tgach oila oldidagi ma`suliyat hissiga joy bo`shatadi. Juftlik munosabatlari u qadar lazzatli tuyulmay qo`yadi. Oilaviy hayotning turli davrlarida kechuvchi bunday jarayon juftlik munosabatlariga xavf solishi tayin. Qanday qilib bunday “sovish” dan himoyalanish mumkin? Bu savollarga oliy toifali shifokor, androlog-seksopatolog Ramazon NAZAROV javob beradi.     

Birinchi yil. “Sensiz o`laman!”

Kuyov imkon topildi deguncha ishidan ertaroq uyga qaytishga harakat qiladi. Kelin esa sepidagi eng chiroyli ko`ylaklarini kiyib, pardoz uchun hafsala va atir-upani ayamaydi. Bir-biriga mehr to`la nigohlar bilan soatlab tikilib o`tirishadi. Sevimli futbol komandaning o`yini ham, bitta qismi qoldirilmay ko`riladigan serial ham unutiladi. Ehtiroslarga bo`ysungan jinsiy hayotning jo`shqinligi ertami-kechmi, yoshlarni charchatadi. Romantikaga bo`lgan ishtiyoqning pasayishi natijasida yosh er-xotinning yotog`i endi ikir-chikirlar borasidagi tortishuv maydoniga aylanadi. Turmushdagi tushunmovchilik va dilxiraliklar jinsiy hayotga rahna sola boshlaydi. Ishdan kech kelingani yoki taomning sho`r chiqqanligi kabi holatlarda bir-birlariga yotoqdan bosh tortish bilan jazo qo`llashlari ham mumkin. Bu davrning talofatlarsiz kechishini istaganlarga bir-birlariga e`tiborli bo`lishlari hamda “yotoqxona inqirozi” sabab keskin xulosalarga kelmaslik tavsiya etiladi.

Uchinchi yil. Odatiy holat

Bu vaqtga kelib ko`pgina juftliklar jinsiy hayotlariga “Bir oyda ikki marta, faqat shanba kuni!” iborasini kiritishadi, ya`ni belgilangan jadvalga amal qilishadi. Va bu ular uchun normal holat deb baholanadi. Albatta yangi kelin-kuyovlik davrlarida bu narsani eshitganlarida “menda hech qachon bunday bo`lmaydi” deyishlari aniq edi. Jinsiy hayotga sovuqchilik tushishiga asosan bir narsa xavf soladi, u ham bo`lsa tirikchilik tashvishidir. Yosh bola yig`lab turganida, uyda kartoshka qolmaganida yoki chiroq haqini to`lash kerak bo`lganida “ehtiros” so`zi ensani qotiradi  xolos...

Ammo iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilish faqat o`zingiz uchun foyda: oyda bir-ikki marotaba bo`lsa-da, hamma tashvishlarni ortga tashlab, faqat bir-biringizga vaqt ajratishga harakat qiling! Chunki jinsiy hayotning zavqli kechishi oilaviy munosabatlarning “yoqilg`i”si sanaladi. O`choqning so`nayotgan oloviga o`tin qalab turish kerakligini yaxshi bilasiz.

Ettinchi yil. Shu shartmi?

Bu davrga kelib ikkita xavfli vaziyat vujudga keladi. Ketma-ket farzandli bo`lib, uyda o`tirib qolgan ayol o`zining tashqi ko`rinishidan qoniqmaydi, “semirib ketdim, hayotdan ortda qoldim” deb tushkunlikka tushadi. Er esa ro`zg`orning g`oridan, uyda ertadan kechgacha noliydigan xotinidan, biri olib-ikkinchisi qo`yib to`polon qiladigan bolalar xarxashasidan bezib, oilaviy hayot unga zerikarli tuyula boshlaydi.

Unutmang: er-xotin o`rtasidagi ehtirosning mash`alasi ayol qo`lida! Modomiki ayol o`zini go`zal va yoqimli va yoki aksincha hisoblar ekan, er faqatgina ayolining fikriga qo`shiladi xolos. Latofatli, nazokatli, o`ziga jalb qilishni biladigan ayolning yonida bo`lish uchun erkak doimo uyiga oshiqadi. Ayolning mehri va mahorati erning atrofdagi begona “etak”larga o`ralashmasligi uchun yaxshi sabab bo`la oladi. Erkakning sevimli ayoli bilan yonma-yon nafas olish istagi ham shundandir.  

Tashvishga berilmang!

  • Jinsiy hayotni yaxshilash borasida seksopatolog hamda ruhshunoslarga murojaat qilayotganlarning aksariyati 5-7 yil davomida birga yashagan er-xotinlardir. Tajribali mutaxassislar maslahati “Bir kunda erni qaytariq qilaman” degan e`lonlardan ko`ra ishonchli va foydaliroq bo`ladi. 
  • Demak, bir-biriga qiziqishi qolmaganidan er-xotinlar atrofga alanglay boshlashi mumkin. O`zingizga mahkam bo`ling, “uchinchi shaxs” qo`shilishi oilani barbod qiladi!

DILNOZA tayyorladi

 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1