"Liverpul" muxlislari "Everton"ga qarshi o`yinga Falastin bayroqlarini olib kelishdi va bir daqiqalik sukut davomida "Falastinga ozodlik" deb hayqirishdi.
Xabarlarga ko`ra, Premer-liganing 9-turidan o`rin olgan o`yin vaqtida "Enfild" tribunalarida bir nechta Falastin bayroqlari paydo bo`lgan.
Aniqlik kiritishicha, Yaqin Sharqdagi mojaro qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash chog`ida “Liverpul” muxlislari Kop tribunasida Falastin bayroqlarini ko`tarib, “Falastinga ozodlik” deb hayqirishgan.
Bundan tashqari, podiumga “Xudo uchun G`azoni qutqaring” degan banner o`rnatildi.






