1

Mastopatiya: tashxis uchun testni eching!

Salomatlik 28.10.2016, 11:57
Teglar: Salomatlik, Ayol
Mastopatiya: tashxis uchun testni eching!

Mastopatiya (ko`krak bezining fibroz-kistoz kasalligi) natijasida uning to`qimasida bir qator o`zgarishlar yuzaga keladi. Mastopatiyaning diffuzli, tugunsimon va fibroz-kistozli turlari mavjud.

Bu kasallik ayol tanasining gormonal faoliyati buzilish natijasida yuzaga keladi va ayol salomatligi hamda kayfiyatiga ta`sir ko`rsatadi. Ko`p hollarda sut bezi saratoniga chalinish xavfini tug`diradi.

Mastopatiya asosan 20-25 yoshdan 45-50 yoshgacha bo`lgan ayollarda uchrashi kuzatiladi. 90‑95 foiz holatlarda sut bezlarida paydo bo`lgan o`zgarish, turli tugunchalarni ayolning o`zi payqaydi va shifokorga murojaat qiladi.

Mutaxassis — mammolog tekshiruvidan o`tishning eng qulay vaqti — hayz davri boshlanishining 7‑10-kuni.

Kasallikning ilk alomatlarini payqash uchun ayol ko`krak bezlarini har hafta, hech bo`lmaganda bir oyda bir marta paypaslab tekshirib turishi, o`zgarishlarni qayd etishi lozim. Sut bezlarida biror o`zgarishni sezgan ayol zudlik bilan shifokorga murojaat qilsa, ko`pgina muammolarning oldini olish mumkin.

 

Tashxis uchun test:

Mazkur test xavf guruhiga kirish yoki kirmasligingizni va kasallik asoratlari sizda bor-yo`qligini ko`rsatadi. Quyidagi test savollariga javob bering, keltirilgan holatlarni o`zingizda kuzatsangiz, tasdiq belgisi qo`ying.

  1. Ortiqcha vazndan qiynalaman.
  2. Stress holatlariga ko`p tushaman. 
  3. Birinchi farzandimni 30 yoshdan so`ng dunyoga keltirganman.
  4. Abort amaliyotini boshdan kechirganman, homilam tushib qolgan.
  5. Endokrin tizimi kasalliklariga chalinganman. 
  6. Farzandimni umuman emizmaganman.
  7. Farzandimni uzoq muddat (1,5 yoshgacha va undan ko`p) emizganman.
  8. Ona tarafdan qarindoshlarimda ko`krak bezi kasalliklariga chalinganlar bor.
  9. Ba`zan ko`krak bezlarida zirqiraydigan og`riq sezaman va u hayz kelishiga yaqin kuchayadi.
  10. Ko`kragimda qandaydir qattiqlashish bor.
  11. Ko`kragimda bezga o`xshash qattiqlik yoki shish sezayapman.
  12. Ko`kragimda tugun hosil bo`lganini his qildim.
  13. Ko`kramdan suyuq ajralma kela boshladi.
  14. Qo`ltiq osti qismidagi limfa tugunlarining kattalashganini sezayapman. 

Natija:

3‑8 ta savolga tasdiq belgisi qo`yilsa: Siz yiliga kamida ikki marotaba mammolog tekshiruvidan o`tib turishingiz lozim. Kasallikning oldini olish (profilaktika) uchun tanovul qilayotgan mahsulotlarga tvorog, sut, un va go`sht qo`shing. Ayniqsa, karam iste`mol qilishga ahamiyat bering. Uning tarkibidagi moddalar ayol gormonal tizimiga yaxshi ta`sir qiladi. Qahva, kakao, kola kabi mahsulotlar iste`molini kamaytiring.

9 va undan ko`p tasdiq belgisi qo`yilsa: Sizda mastopatiya alomatlari bor. Zudlik bilan mammologga ko`rigidan o`ting. Oxirgi ikki belgi kuzatilsa, onkolog-shifokor tekshiruvidan o`tish tavsiya qilinadi.

Umumiy tavsiyalar

Mutaxassislarning fikriga ko`ra, sabzavotlarga boy bo`lgan parhezga amal qilish, spirtli ichimliklar iste`mol qilmaslik, me`yoriy vazn va doimiy jismoniy faollik ko`krak beziga chalinish xavfini 33 foizdan 50 foizgacha kamaytiradi. Tanovul qilayotgan taomlaringizga ahamiyat bering va doimiy tarzda jismoniy mashg`ulotlarga vaqt ajrating.

  • Yurish, suzish, raqs, velosiped yoki o`zingizga ma`qul bo`lgan sport mashg`ulotlari bilan muntazam shug`ullaning.
  • Vazningizni nazorat qiling. Ayol klimaks davrida semirib ketsa, unda ko`krak bezi saratoniga chalinish xavfi keskin ortadi.
  • Dasturxoningizda doim meva-sabzavotlar, dukkakli mahsulotlardan tayyorlangan oziq-ovqatlar bo`lsin.  
  • Har kuni dasturxoningizda albatta besh xil sabzavotdan pishirilgan taom hamda turli mevalar bo`lishiga ahamiyat bering.
  • Spirtli ichimliklar ichmang.

Mammografiya

Mammografiya ko`krak bezi saratonini erta bosqichda aniqlashning eng samarali usuli hisoblanadi. Mammografiya yordamida ko`krak bezida hosil bo`lgan kichik o`zgarishlar, jumladan, o`smalarni ham ko`rish mumkin. Kasallikni erta aniqlash ayol hayotini saqlab qolish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun ayollarga yilda ikki yoki bir marta mammolog-shifokor nazoratida bo`lib turishni maslahat beramiz.
40 yoshdan oshgan ayollar esa surunkali mammografiya tekshiruvidan o`tib turganlari har jihatdan ma`qul.
Seryog` taomlarni suiiste`mol qilmang. Ovqatingizda yog`ning ko`p bo`lishi ko`krak bezi saratoni kelib chiqishi xavfini orttiradi. So`nggi yillardagi tadqiqotlarda ta`kidlanishicha, turli sabzavot va mevalarda saratonga qarshi himoya moddalari borligi aniqlangan. Sog`liqni mustahkamlash uchun ovqatdagi yog` miqdori, ayniqsa, chorva hamda quyruq yog`larini kamaytirish lozim. Ularni o`simlik, baliq yog`i bilan almashtirish salomatlik uchun foydali.

Maqola oliy toifali shifokor‑mammolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nigora MAHMUDOVA bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Madina LUQMONOVA

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1