Bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida tijorat banklari muassasalarida nazorat tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati xabar berdi.
O`rganish davomida banklar tomonidan taklif etilayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar iste`molchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar ko`rsatilishi to`liq yo`lga qo`yilmaganligi holatlari aniqlandi.
Ushbu holatlarga yo`l qo`yganligi uchun “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining 57-moddasiga muvofiq, 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora qo`llanilib, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirildi hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berildi.






