AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 2 yil oldin mashinasini sotib yuborgan fuqaroga 50 mln. "shtraf" keldi

'Toshkent viloyatida 2 yil oldin mashinasini sotib yuborgan fuqaroga 50 mln. "shtraf" keldi'ning rasmi

Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro IIBBga murojaat qilib, o`zining nomidagi mashinani sotib yuborganligi, ammo o`sha mashinaning tezlik talablarini buzganligi haqidagi jarima qarorlari uyiga kelayotganligini bildirgan. Natijada viloyat IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro oldi-sotdi ishlarini qonuniy tarzda notarial idoralar orqali amalga oshirmasdan, avtomashinani berib yuborganligi ma`lum bo`lgan.

"2021 yilda Vaz rusumli avtomobilimni sotib olgan shaxs notariusga boramiz, deb va`da berdi. Keyinchalik borishni xohlamadi. So`ngra, u Davron degan ismli yigitga, Davron esa Bekmurod ismli yigitga va avtomobil shunday tarzda 5-6 ta insonga sotib yuborilgan",- deydi mashinaning sobiq egasi.

Ta`kidlanishicha, mashinani oxirgi sotib olgan xaridor nomerni har xil mashinalarga qo`yib, radarga tushgan. 101 ta radarga tushishi natijasida 50 mln so`m jarima bo`lgan.

Qidiruv ishlari sabab mashinani oxirgi bo`lib sotib olgan fuqaro aniqlandi.

"Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilishi ko`zda tutilgan",- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar