1

Shavkat Mirziyoev "Orano" kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Siyosat 02.11.2023, 15:53
Shavkat Mirziyoev "Orano" kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahrida o`tayotgan O`zbekiston-Fransiya biznes forumida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Orano» kompaniyasi raisi Klod Imoven bilan uchrashdi.

“Orano” – uran va yadro yoqilg`isini ishlab chiqarish bo`yicha dunyoning yirik kompaniyasi, aktivlari qiymati 29 milliard evrodan ortiqni tashkil etadi.

Uchrashuvda geologiya-qidiruv ishlari va uran qazib chiqarish borasidagi hamkorlikni kengaytirish bo`yicha tashabbuslar qo`llab-quvvatlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1