AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi qaysi shahar yashash uchun eng qulayi ekanligi aytildi

Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti O`zbekistondagi yashash qulayligi bo`...

'O`zbekistondagi qaysi shahar yashash uchun eng qulayi ekanligi aytildi'ning rasmi

Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti O`zbekistondagi yashash qulayligi bo`yicha shaharlar reytingini tuzdi. 

Unga ko`ra, reytingga 40 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan 30 ta shahar kiritilgan.

Shaharlarda yashash qulayligi Global Liveability metodologiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan kompozit indeks asosida baholandi. Indeksni shakllantirishda ta`lim, sog`liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yo`nalishlaridagi jami 27 ta miqdoriy hamda sifat ko`rsatkichlaridan foydalanildi. 

Kuchli beshlikka Toshkent (100 balldan 79,1 ball), Urganch (76), Buxoro (75,4), Samarqand (70,6) va Navoiy (68,1) shaharlari kirdi.

Reytingni Bekobod (35,3), Xonobod (35,3), Yangier (33,5), Ohangaron (32,9) va Quvasoy (26,4) shaharlari yakunladi.

Yo`nalishlar bo`yicha dastlabki uch o`rin quyidagicha taqsimlandi:

• ta`lim: Buxoro, Guliston, Urganch (Toshkent – ​​4-o`rin);

• tibbiyot: Urganch, Guliston, Buxoro (Toshkent – ​​12-o`rin);

• infratuzilma: Urganch, Navoiy, Toshkent;

• ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik: Toshkent, Urganch, Guliston;

• madaniyat va atrof-muhit: Toshkent, Buxoro va Samarqand.

    Boshqa yangiliklar