AsosiyJamiyat

Ertaga poytaxtning ikki tumanida "svet" ham o`chiriladi

'Ertaga poytaxtning ikki tumanida "svet" ham o`chiriladi'ning rasmi

4 noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat tonggi 05:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik o`chiriladi.  Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" xabar bermoqda.

Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taminlovchi  "Yunusobod" podstansiyasidagi transformator yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirish, elektr qurilmalarini o`rnatish ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida hududdagi 4 ta podstansiyalari vaqtincha o`chiriladi.

OLMAZOR tumanidagi - 21-sonli  oilaviy poliklinika, ATS-248, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Teri – dermatovenerologiya dispanseri, maktab, tadbirkorlik sub`ektlari.  

"Ibrohim ota", "Taraqqiyot" MFY, "Mirpo`latova" MFY, "Qorasaroy" MFY, "O.Hotamova" MFY, "Hasanboy" MFYlarida hamda Ibragimova, Qorasaroy, Chuqursoy, Shifokorlar shaharchasi,  Oxunboboev hamda Oxunboboev mavze va dahalarida joylashgan  aholi xonadonlari hamda 23 ta tadbirkorlik sub`ektlari.

YuNUSOBOD tumanidagi - 6, 7, 8 va 9-dahalari, "Islomobod", "Tiklanish", "Hasanboy", "Katta Hasanboy", "Registon", "Ittifoq", "Ahrorobod" MFYlarida va "Hasanboy" mavzesida,  "Korzinka" savdo kompleksi hamda 6 ta tadbirkorlik sub`ektlari.

 

    Boshqa yangiliklar