AsosiyJamiyat

Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan yigitlar qo`lga tushdi

'Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan yigitlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi aeroport hududida aviaspotting (havo kemalarining harakatini kuzatish va tasvirga olish) bilan shug`ullanayotgan bir nechta bola huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur voqea tumannning "Qumariq" mahallasida sodir bo`lgan. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Olti nafar bola havo bandargohi chegarasini buzmagan holda, aeroport panjarasi ortidan turib samolyotlarni suratga tushirayotgan vaqtda IIO xodimlari tomonidan mahalla qo`mitasi binosiga olib ketilgan. Shuningdek, ularning tasvirga olish vositalari ham tortib olingan. Qo`lga olingan bolalar ichki ishlar xodimlari ularga nisbatan o`z mansab vakolatidan chiqqan holda muomalada bo`lgani, baqirib so`kkani va tahdid qilganini aytgan. Keyinroq esa ular shaxsiy mashinalarda noma`lum tomonga olib ketilgan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, 2022 yilning 1 mayidan boshlab O`zbekistondagi xalqari aeroportlarda aviaspottingga ruxsat berilgan.

Uzbekistan Airports esa O`zbekistonda spotting harakatini qo`llab-quvvatlashi, yoshlarning mazkur hobbi bilan shug`ullanishiga to`sqinlik qilmasligini ma`lum qildi. Unga ko`ra, 2023 yilning boshidan buyon Toshkent aeroporti hududida 30 ga yaqin rejali va rejadan tashqari spotting-turlar tashkil etilgani, 14 oktyabr kuni bo`lib o`tgan spottingda ham 6 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan 12 nafar bola qatnashgani ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar