Joriy yilning 8, 9 noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning 16-sammitiga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan 8 noyabrdan 10 noyabrgacha Toshkent shahrining ayrim ko`chalarida harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda. Xabarga ko`ra:
1. Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur ko`chasi bo`ylab Bobur - Shota Rustaveli chorrahasigacha;
2. Nukus - Bobur chorrahasidan Nukus ko`chasi bo`ylab Movarounnahr ko`chasigacha;
3. Oybek - Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko`chalari;
4. Islom Karimov - Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko`chasi bo`ylab Amir Temur – Islom Karimov chorrahasigacha;
5. Sharof Rashidov - Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko`chasi bo`ylab Kichik halqa aylanma yo`ligacha;
6. Navoiy - Mustaqillik chorrahasidan Navoiy – Labzak chorrahasigacha;
7. Furqat – Beshyog`och chorrahasidan Beshyog`och ko`chasi bo`ylab Islom Karimov – Beshyog`och chorrahasigacha;
8. Olmazor – Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko`chasi bo`ylab Navoiy ko`chasigacha.
Eslatib o`tamiz, harakatlanish cheklangan ko`chalarda Tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo`linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Sizlardan yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.






