1

O`zbekistonda chet el valyutasi operasiyalarini amalga oshirish tartibi o`zgardi

Iqtisodiyot 06.11.2023, 09:20
O`zbekistonda chet el valyutasi operasiyalarini amalga oshirish tartibi o`zgardi

"O`zbekistonda valyuta operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi Markaziy bank boshqaruvi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Qaror loyihasida O`zbekistonda rezidentlar va norezidentlar tomonidan valyuta operasiyalarini amalga oshirish to`g`risidagi qoidalarni soddalashtirish va ayrim tushunchalarga yanada aniqlik kiritish bilan bog`liq ayrim tahririy va texnik o`zgartirishlar kiritish ko`zda tutilmoqda.

Xususan:

qoidalar davlat ro`yxatidan o`tkazilgandan keyin qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan norma va talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida tegishli o`zgartirishlar kiritilmoqda;

qoidalar rezidentlar va norezidentlar tomonidan faqat valyuta operasiyalarini amalga oshirish tartibini belgilashidan kelib chiqib, norezidentlar tomonidan milliy valyutadagi hisobvaraqlardan qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqil ravishda foydalanilishi belgilanmoqda;

xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olishda xizmat ko`rsatuvchi banklarga taqdim qilinishi lozim bo`lgan hujjatlar aniq belgilab qo`yilmoqda;

O`zbekiston banklaridan olingan chet el valyutasidagi kreditlar (lizinglar) bo`yicha qarzdorliklarni yopish uchun tegishli hisobvaraqlarga o`tkazilgan milliy valyuta mablag`larini (banklarning mijozlardan undirilgan mablag`larni) konvertasiya qilish va mijozlarning chet el valyutasidagi qarzlarini undirish banklar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi belgilanmoqda;

xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim qilingan buyurtmalarni tijorat banklari tomonidan ko`rib chiqilishini yanada qulaylashtirish maqsadida, taqdim etiladigan buyurtmalarni xizmat ko`rsatuvchi bank filiali tomonidan dastlabki nazoratdan o`tkazish, agar yaqqol kamchiliklar mavjud bo`lsa ularni bartaraf etish uchun mijozlarga qaytarish mexanizmi amaliyotga joriy qilinmoqda;

norezident jismoniy shaxslarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ularning chet el valyutasidagi mablag`larini respublika hududida qonuniy yo`l bilan topilganini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida ham bank kassasiga qabul qilinishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo`shimcha kiritilmoqda;

foydalanuvchilarga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida qoidalarning turli bandlarida belgilangan bank kassalaridan naqd chet el valyutasini berish tartibi umumlashtirilgan holda, alohida band sifatida kiritilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1