1

O`zbekistonning Evropa Ittifoqi GSP+ umumiy preferensiyalar sxemasi bo`yicha benefisiar mamlakat sifati e`tirof etilishi nimani anglatadi

Iqtisodiyot 07.11.2023, 17:37
O`zbekistonning Evropa Ittifoqi GSP+ umumiy preferensiyalar sxemasi bo`yicha benefisiar mamlakat sifati e`tirof etilishi nimani anglatadi

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizni dunyoning iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishdir.

Har bir davlat uchun ushbu jarayonning asosiy omillaridan biri albatta jahon bozorida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Aynan shu yo`nalishda so`nggi yillarda mamlakatimizda qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Buning dalili tariqasida shuni ta`kidlash joizki, hozirgi kunda milliy mahsulotlarimizni Evropa Ittifoqi bozorlarida sotish imkoni paydo bo`ldi.

Aholisi 500 mln dan ortiq bo`lgan EI dunyodagi eng katta bozorlardan biri hisoblanadi. Jumladan, Evropaning to`qimachilik sanoatida bozor hajmi 98 milliard dollarni, charm-poyabzal sanoatida 24 milliard dollarni, qishloq xo`jaligi sanoatida 24 milliard dollarni tashkil etadi.

Shu o`rinda EI bozoriga qulay shartlarda chiqish O`zbekiston uchun har doim dolzarb bo`lib kelgan. 2021 yilda bu borada katta qadam tashlandi. Ya`ni O`zbekiston Evropa Ittifoqining GSP+ umumiy preferensiyalar sxemasi bo`yicha benefisiar mamlakat sifatida qabul qilindi.

Ma`lumot uchun: preferensiyalar bosh tizimi (GSP +) bu rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan mamlakatlarga eksport qilinadigan tovarlarga imtiyozli bojxona tariflari tizimi. GSP + deyarli barcha sanoat va ayrim qishloq xo`jalik mahsulotlarini qamrab oladi.

GSP+ tizimi matolar, kiyim-kechak va plastik mahsulotlar kabi bir qator muhim 6200 eksport tovarlariga tariflar bekor qilinishi bois Evropa Ittifoqi va O`zbekiston o`rtasidagi savdoni ko`paytirish uchun qo`shimcha imkoniyatlar taqdim etdi.

Jumladan, agar 2016 yilda Evropa ittifoqi bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1,98 milliard dollarni tashkil etgan bo`lsa, 2022 yilda bu ko`rsatkich ikki barobardan ko`proqqa o`sdi va 4,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, GSP+ oddiy savdo vositasidan ko`ra muhimroq. GSP+ tizimiga qo`shilayotganda mamlakatlar inson va mehnat huquqlariga, atrof-muhit va iqlim muhofazasi va sifatli boshqaruvga oid 27 asosiy xalqaro konvensiyalarini samarali amalga oshirish majburiyatini oladilar. GSP Reglamenti GSP+ oluvchilarining majburiyatlarini doimiy kuzatib borishni nazarda tutadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1