O`zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo`jaligi ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Migrasiya agentligi axborot xizmati xabar berdi
Nomzodlarga quyidagicha talablar qo`yilgan:
- 18-45 yosh;
- rus yoki ingliz tilini bilish;
- qishloq xo`jaligi ishlari bo`yicha tajriba;
- sudlanmagan;
Ish haqi (ishbay): soatiga 10 funsterling ( taxminan 150 ming so`m)dan boshlanadi. Fuqaro hisobidan:
- Agentlik xizmati, o`qitish va ko`niktirish uchun BHMning 5 baravari;
- viza to`lovi 5 mln so`m ;
- aviachipta.
Nomzodlar 2023 yil 10 noyabr soat 9:00 dan 11 noyabr soat 9:00 gacha labormigration.uz da ro`yxatdan o`tishi lozim. 13-14 noyabr kunlari ro`yxatdan o`tgan nomzodlarning elektron pochtasiga rus tili bo`yicha onlayn testga havola va uni topshirish shartlari yuboriladi. Testdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar ish beruvchi bilan suhbatga chaqiriladi.






