Shuxrat Vafoev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi.
Uning o`rniga Prezident Administrasiyasi mas`ul xodimi Bahodir Rahmatov tayinlanishi kutilmoqda. Shuningdek, agentlikda shtatlar ham qisqartiriladi.
Ushbu agentlik 2021 yil iyul oyida tashkil etilgan. Shuhrat Vafoev uni 2022 yil sentyabrdan boshqarib kelayotgandi.






