AsosiySiyosat

Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va uning farzandi Laura Mattarella Yangi O`zbekiston” bog`iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo`ydi (foto)

Bugun, 10 noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning farzandi L...

'Italiya  Prezidenti Serjo Mattarella va uning farzandi Laura Mattarella Yangi O`zbekiston” bog`iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo`ydi (foto)'ning rasmi

Bugun, 10 noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning farzandi Laura Mattarella O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O`zbekiston” bog`iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo`ydi.

Oliy martabali mehmonlar majmua me`moriy echimlari hamda kompozisiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

Vatanimizning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar, 3 ming yillik davr ichida yuz bergan eng muhim voqealarni o`zida mujassam etgan ushbu majmua Italiya delegasiyasi a`zolarida katta taassurot qoldirdi.

Ta`kidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an`anaga aylangan.

    Boshqa yangiliklar