1

O`zbekistonning 2030 yilga mo`ljallangan eksport strategiyasi e`lon qilindi

Iqtisodiyot 10.11.2023, 21:02
O`zbekistonning 2030 yilga mo`ljallangan eksport strategiyasi e`lon qilindi

Eksport salohiyatini kengayishi mamlakatimiz iqtisodiy yuksalishi va farovonligining muhim omillaridan biridir. Mahsulot va xizmatlarning sifati, raqobatbardoshligini oshirish ularni xorijiy xaridorlar uchun yanada jozibador qilish imkonini beradi.

Bunga texnologiyalarni takomillashtirish, sifat standartlarini yaxshilash, brend va marketing strategiyalarini ishlab chiqish kiradi. Eksport geografiyasini kengaytirish mavjud xavflarni diversifikasiya qilish va eksport hajmini oshirishga yordam beradi.

O`zbekiston 2030 yilda tovar va xizmatlar eksportini $45 mlrd etkazish maqsadi qo`yilgan bo`lib, mazkur ko`rsatkichga erishish uchun keyingi 5 yilda amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi.

Jumladan:

– eksportchi korxonalar soni 6,5 mingtadan 15 mingtaga etkaziladi;

– aylanma mablag`lar uchun 600 dan ortiq korxonaga Eksportni qo`llab-quvvatlash jamg`armasidan qulay shartlarda mablag`lar ajratiladi;

– GSP+ va boshqa tizimlardan foydalangan holda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti 3,3 barobarga ko`paytiriladi;

Xususan, “GSP+” tizimi doirasida Evropa davlatlariga to`qimachilik mahsulotlari eksport hajmlarini $1,7 mlrd, qurilish materiallari eksport hajmi $170 mln, elektrotexnika sanoati mahsulotlarining eksport hajmi $150 mln, charm-poyabzal sanoati mahsulotlari eksporti $165 mln, qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksporti $165 mln, alkogol va tamaki mahsulotlar eksporti $16 mln va farmasevtika mahsulotlar eksporti $17 mlnga etkaziladi.

– xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni 10 barobarga oshirilib, ularning soni 5 mingtaga etkaziladi;

Tarmoqlar va sohalarda 2030 yilga borib xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni to`qimachilik sohasida 700 taga, qurilish sohasida 1 400 taga, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sohasida 1 475 taga, charm-poyabzal sohasida 425 taga va elektrotexnika sohasida 600 taga oshadi.

– xorijiy brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan «autsorsing» va «franchayzing» asosida hududlarda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish choralari ko`riladi.

Bunda, Biznes-forumlar, uchrashuvlar va “V2V” formatida muzokaralar o`tkazish uchun mamlakatlar kesimida to`qimachilik mahsulotlarining etakchi xalqaro brendlari ro`yxati shakllantiriladi.

Etakchi brendlar jalb qilinadi, ular bilan shartnomalar tuzish orqali xalqaro etakchi konsalting tashkilotlari jalb qilinadi.

Misol uchun: Xalqaro moliya korporasiyasi (AQSh), Voston Sonsulting Group (AQSh), Deloitte (Buyuk Britaniya), MsKinseu & Somranu (AQSh), KRMG (Niderlandiya), PwC (Price Water House Coopers) (Buyuk Britaniya), Vain & Komraniua (AQSh), Oliver Wuman (AQSh).

Zamonaviy marketing va menejment tizimlarini ishlab chiqarishni joriy qilish, “autsorsing” va “franchayzing” asosida xorijiy brendlar mahsulotlarini ishlab chiqarish, xorijiy texnolog va dizaynerlar bilan hamkorlik o`rnatish va ularni yurtimizga jalb qilish maqsadida 202Z-20Z0 yilarda salohiyatli mahalliy tadbirkorlarni saralab olgan holda charm-poyabzal sanoati rivojlangan davlatlar, xususan, Italiya, Portugaliya, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, davlatlarida "road show" tadbirlari tashkil qilinadi.

Taniqli brend egalari bilan ishlab chiqarish va etkazib berish zanjirlariga qo`shilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda “autsorsing” va “franchayzing” asosida mahalliy korxonalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish tashkil etiladi.

Xorijiy davlatlarda tashkil qilinayotgan biznes-forumlar va tadbirlar doirasida hamda alohida hizmat safarlar tashkil etgan xolda etakchi xorijiy brend ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi.

– Eksportchi korxonalarni moliyaviy va huquqiy qo`llab-quvvatlash choralarini davom ettirish, shu jumladan ushbu maqsadlarga 2030 yilgacha $2 mlrd mablag`larni yo`naltirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1