AsosiyJamiyat

Internetda prezident haqida haqoratli izoh qoldirgan yigit qamaldi

'Internetda prezident haqida haqoratli izoh qoldirgan yigit qamaldi'ning rasmi

Samarqandlik 19 yoshli yigit Instagram'da prezident oilasi haqidagi videoga haqoratli izoh yozgani uchun sudlandi.

Ma`lum bo`lishicha, 2004 yilda tug`ilgan I.D. ismli yigit 2023 yilning yoz oylarida Rossiyada ishlab yurgan vaqtida Instagram'da President family nomli videolavhani tomosha qilib, ushbu videoga prezident Shavkat Mirziyoev va uning oilasini haqorat qiluvchi izoh qoldirgan.

Shundan so`ng, u o`zining tanishlarining tavsiyasi bilan ushbu postini o`chirib tashlagan. Yigit O`zbekistonga qaytganida unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi sudda ko`rib chiqildi.

Kattaqo`rg`on tuman sudida chiqarilgan hukmiga ko`ra, I.D. JKning 158-moddasi (O`zbekiston prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sudlanuvchi yigit bu ishidan pushaymonligi, bilmay, yoshlik qilib qo`ygani va prezidentning olib borayotgan siyosatidan norozi emasligini bildirgan. Sud shularni inobatga olib, yigitga nisbatan 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

    Boshqa yangiliklar