AsosiyJamiyat

Qasddan penalti belgilagan hakam umrbodga hakamlikdan chetlatildi

'Qasddan penalti belgilagan hakam umrbodga hakamlikdan chetlatildi'ning rasmi

Soca-Cola Superligasining 19-turidan o`rin olgan "Buxoro" - "Olimpik" o`yinining 100-daqiqasida bosh hakam buxoroliklar darvozasiga penalti belgilagan. 

Ushbu holat yuzasidan O`FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan o`tkazilgan o`rganishlar davomida bosh hakam Komiljon Rasulov VAR takrorlarini ko`rish uchun monitor oldiga kelgan vaqtida butun boshli “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi hamda zaxira o`yinchilari unga halaqit berib, turli kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqoratlagani ma`lum bo`ldi. 

Shu tufayli, bosh hakam VAR monitorini ko`rib, xato qilayotganini bilsa ham, hissiyotlarga berilib, “Buxoro” darvozasiga penalti belgilagan. Komiljon Rasulov o`z tushuntirish xatida aybiga to`liq iqror bo`lib, qasddan, hissiyotlarini jilovlay olmay, noto`g`ri qaror chiqarganligi uchun o`z pushaymonligini bildirib o`tgan.

Aniqlangan holat yuzasidan keltirilgan barcha dalillarga ko`ra, bosh hakam Komiljon Rasulov qoidalarga zid qo`pol xatosi tufayli Hakamlar tartib-intizom kodeksining 4.3-bandiga muvofiq futbol hakamligidan umrbodga chetlatilgan.
 

    Boshqa yangiliklar