1

O`zbekistonda bemorlarni stasionar tibbiyot muassasalaridan boshqa kasalxonalarga o`tkazish tartibi belgilandi

Salomatlik 12.11.2023, 19:28
O`zbekistonda bemorlarni stasionar tibbiyot muassasalaridan boshqa kasalxonalarga o`tkazish tartibi belgilandi

Aholiga, jumladan, homilador ayollar va bolalarga davlat tibbiyot muassasalarida malakali tibbiy yordamni o`z vaqtida tashkil etish maqsadida stasionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko`rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida SSV buyrug`i loyihasi e`lon qilindi.

Buyruqda keltirilishicha, bu prezidentning 2023 yil 8 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturining 4-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar tizimiga kiruvchi stasionar tibbiyot muassasaslardagi bemorlarni tibbiy ko`rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o`tkazish tartibi mavjud emasligi sababli, uni ishlab chiqish va tasdiqlash zarurati yuzaga keldi.

Buyruq mazmuni  — aholiga, jumladan, homilador ayollar va bolalarga davlat tibbiyot muassasalarida malakali tibbiy yordamni o`z vaqtida tashkil etish maqsadida stasionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko`rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o`tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, mazkur hujjatda fuqarolarning tibbiy muassasani tanlash huquqlarini inobatga olish nazarda tutilgan.

Loyihaning qabul qilinishi davlat byudjetidan qo`shimcha mablag`lar ajratilishini talab qilmaydi. Mazkur buyruq rasmiy e`lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1