1

Ravshan Usmonov O`zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Siyosat 15.11.2023, 09:59
Ravshan Usmonov O`zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlandi

O`zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya poytaxtiga etib keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA. 

U 2018 yildan buyon O`zbekistonning Malayziyadagi elchisi bo`lib ishlab kelayotgan edi. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi universitet) bitiruvchisi.

2000 yildan tashqi siyosat bo`limida ish boshlagan, markaziy apparatda va O`zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. Keyin u Tashqi ishlar vazirligining Evropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo`yicha direksiyasini boshqargan. Fransiyadagi elchi, shuningdek, Italiya va Portugaliyada ham ishlagan.

Ravshan Usmonov 2019 yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o`rnini egalladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1