2023 yil 17 noyabr kuni soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlari qo`mondonligiga tegishli “Mi-8” vertolyoti “Kattaqo`rg`on” poligonida o`quv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchradi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma`lum qildi.
Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok bo`ldi. Ayni vaqtda hodisa joyida Maxsus komissiya avariya sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Vazirlik halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning oila a`zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.