O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Xayrulla Jo`raev 19 noyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a`zosi, kinorejissyor va muharrir Xayrulla Jo`raev 1945 yilda Jizzaxda tug`ilgan. 1970 yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan.
O`zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor, muharrir, bosh muharrir (1976—87). “Videofilm” markazi direktori (1988— 89). Prezident devonida mas`ul xodim (1990—92), O`zbekiston Davlat kinokompaniyasi raisi (1992—93), O`zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi (1993-96), 1996 yilda Madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida ishlagan.