AsosiyIqtisodiyot

Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar uchun soliq imtiyozlari beriladi

'Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar uchun soliq imtiyozlari beriladi'ning rasmi

Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar uchun soliq imtiyozlari beriladi.

2028 yil 1 yanvarga qadar:  

  • budjet tashkilotlari,  
  • davlat korxonalari,  
  • ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslarning ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to`liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizasiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi QQSdan ozod qilinadi.  

(tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablag`lar bundan mustasno)

Farmonda nazarda tutilgan imtiyoz Soliq kodeksiga kiritilgandan so`ng qo`llanilishi mumkin(Soliq kodeksi 2-  va 75- moddalar.).

    Boshqa yangiliklar