AsosiySiyosat
4407

O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi vakolatlari kengaytirilmoqda

'O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi vakolatlari kengaytirilmoqda'ning rasmi

Senatning qirq ettinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Kiritilayotgan o`zgartirishlarga muvofiq Konstitusiyaviy sud vakolatlari kengaytirilib, O`zbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiqligi to`g`risida xulosa berishi belgilanmoqda.

Konstitusiyaviy sud faqatgina o`z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo`yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega ekanligi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga Konstitusiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o`n yillik muddatga saylanishi mustahkamlanmoqda.

Senatorlar ta`kidlaganidek, mazkur Qonunning qabul qilinishi natijasida Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligi hamda ularning bir xilda amalda bo`lishiga erishiladi.

Muhokamadan so`ng Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar