Jamil Sharapov O`zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli etib tayinlandi

Siyosat 27.11.2023, 10:24
Jamil Sharapov O`zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli etib tayinlandi

O`zbekistonning Nyu-Yorkda yangi tayinlangan bosh konsuli Jamil Sharapov o`z vazifasini bajarishga kirishdi

Jamil Sharapov shu kunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 42 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan. Nyu-Yorkka tayinlanishidan oldin Tashqi ishlar vazirligi, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda ishlagan.

Jamil Sharapov 2018-2023 yillarda Nyu-Yorkdagi Bosh konsullikni boshqargan Kamol Ikromov o`rniga tayinlandi.

Bosh konsullikning konsullik okrugiga AQShning quyidagi shtatlari va ma`muriy hududlari kiradi: Aydaxo, Ayova, Alyaska, Arizona, Vayoming, Vashington, Vermont, Virjiniya orollari, Viskonsin, Gavayi, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kanzas, Konnektikut, Massachusets, Minnesota, Missuri, Michigan, Montana, Men, Nebraska, Nevada, Nyu-Gempshir, Nyu-Jersi, Nyu-York, Nyu-Meksiko, Ogayo, Oregon, Pensilvaniya, Puerto-Riko, Rod-Aylend, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Yuta, shuningdek, Meksika va Lotin Amerikasi mamlakatlari (Kuba va Braziliyadan tashqari – ushbu davlatlar O`zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi konsullik okrugiga kiradi).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1