AsosiyJamiyat
1702

Uch yilda 30 nafar konchi is gazidan yoki qum va tosh bosib qolib, vafot etgan

'Uch yilda 30 nafar konchi is gazidan yoki qum va tosh bosib qolib, vafot etgan'ning rasmi

Joriy yilning 28 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi majlisida er qa`ri uchastkalarida oltin izlovchilar usulida qimmatbaho metallarni qazib olishda qonunchilik hujjatlariga rioya etish holati bo`yicha o`tkazilgan o`rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Olib borilgan o`rganishlar, aholi bilan bevosita muloqotlar, qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi holati hamda huquqni qo`llash amaliyotining tahlili sohada qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko`rsatdi.

Jumladan, oltin va qimmatbaho metallarni qonuniy qazib olishning afzalliklari yuzasidan vakolatli organlar tomonidan targ`ibot ishlari etarli darajada olib borilmaganligi natijasida Toshkent, Namangan, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida aholi tomonidan ochiq maydonlarda oltin va qimmatbaho metallarni noqonuniy qazib olish holatlari yildan-yilga ko`paymoqda.

2020 yilda oltin va qimmatbaho metallarni noqonuniy qazib olish holatlari yuzasidan 34 ta ma`muriy ish qo`zg`atilgan bo`lsa, 2021 yilda bu ko`rsatkich 463 tani, 2022 yilda esa qariyb 1500 tani tashkil qilgan.

Ochiq maydonlarda qazib olish ishlari jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilmaganligi oqibatida 2021–2022 va 2023 yilning 10 oyida qariyb 30 nafar fuqaro is gazidan yoki qum va tosh bosib qolib, vafot etgan.

Bundan tashqari, ochiq maydonlarda noqonuniy oltin qazib olish jarayonlariga voyaga etmaganlarni ham jalb qilish holatlari mavjud.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar